1

22 may kuni ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yog`ingarchilik bo`lishi mumkin

Jamiyat 21.05.2019, 21:59
22 may kuni ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yog`ingarchilik bo`lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi 22 may kuni O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 24-26 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 26-31 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1