Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatida ilk nutqini so`zladi, deya xabar qilmoqda Vesti nashri.
Nutqi chog`ida u Parlamentni tarqatib yuborish, hukumatda “qon almashtirish”, rus tili, donbass bo`yicha muzokaralar hamda portretlar kabi 5 ta masalaga ahamiyat qaratgan. U inaugurasiyasidan keyin Kievga kelgan Oq uy delegasiyasi vakillari bilan uchrashdi. Ma`lumotlarga ko`ra, Ukrainaning amaldagi prezidenti AQShdan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so`ragan. Zelenskiy Vashington Kievning “Rossiya tajovuzini engib o`tish”dagi bosh sherigi bo`lib qolishini ta`kidlab o`tgan.






