AsosiyJamiyat

​Sirdaryoda “Yosh dasturchilar forumi” o`tkazildi

'​Sirdaryoda “Yosh dasturchilar forumi” o`tkazildi'ning rasmi

Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar va IT tadbirkorlik” o`quv markazida joriy yil 22 may kuni “Yosh dasturchilar forumi” o`tkazildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Mazkur tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Vazirlikning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Viloyat hokimligi va Guliston Davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Guliston davlat universiteti, Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabalari, umumta`lim maktab o`quvchilari, shuningdek mahalliy dasturchilar hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT kompaniyalar ishtirok etdilar.

“Yosh dasturchilar forumi”ni o`tkazishdan asosiy maqsad avvalgi yillarda bo`lgani kabi bu yil ham axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni namoyish etish hamda ularni qo`llab quvvatlashdan iborat.

Forum davomida dasturchilar o`zlari tomonidan yaratilgan loyihalari taqdimotini o`tkazdilar.

Toshkent shahridagi Inha, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda nufuzli IT kompaniyalarning malakali mutaxassislari ishtirokida shakllantirilgan Hay`at a`zolari tomonidan Sirdaryo viloyatida yoshi cheklanmagan dasturchilar tayyorlagan loyihalar baholanib, zarur ko`rsatma va tavsiyalar berib o`tildi.

Tadbir so`ngida tanlov g`oliblari esdalik sovg`alar va maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar