AsosiyJamiyat

Samarqand viloyati hokimi nurobod tumani aholisining 20 dan ziyod murojaatlarini tingladi

Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig`inida viloyat hokimi Z.Mirzaevning navbatdagi ko`chma qabuli uyushtirildi. Bu haqda uz24.uz nashri “Turkiston-Press” NAA bergan ma`lumotlarga tayanib xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, tuman aholisi bilan o`tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlarini tingladi, ularni qiynayotgan muammolarning echimi bo`yicha tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilariga topshiriq va ko`rsatmalar berdi.

Nurobod tumani aholisi ancha yillardan buyon arxiv ishlari bilan bog`liq masalalarda Pastdarg`om tumaniga qatnab, sarson bo`lishardi. Qabul davomida nurobodliklarning ushbu muammosi echiladigan bo`ldi. Viloyat hokimi Nurobod shahrida Pastdarg`om tuman arxivi filialini tashkil qilish, bu jarayon bilan bog`liq tashkiliy masalalarni hal etish va bino bilan ta`minlash yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriq berdi.

Shuningdek, muloqot davomida tumanning “Qilichli” mahallasidagi maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini qayta tiklash, 8-umumta`lim maktabida sport zali qurish, Nurbuloq, Ag`ron, Kechkeldik, Jom mahallalari aholisini toza ichimlik suv bilan ta`minlash, “Samarqand” kinoteatri faoliyatini yaxshilash kabi murojaatlar ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar