AsosiyJamiyat

​Moliya vaziriga yana bir o`rinbosar tayinlandi

'​Moliya vaziriga yana bir o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Shorahmetov Shohrux Shoturg`unovich Prezident qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirining davlat byudjeti masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda"Xabar uz" nashri yozmoqda.

Shorahmetov Sh.Sh. 1977 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999 yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investisiyalar mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investision va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo`yicha bo`linmasining bosh konsultanti lavozimida ishlagan. Moliya-iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.

Shorahmetov Sh.Sh. ijtimoiy soha-ta`lim, sog`liqni-saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, byudjet mablag`larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat byudjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis bo`lib hisoblanadi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Esmlatib o`tamiz, avvalroq Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlangandi.

    Boshqa yangiliklar