“G`urumsaroy” dala-o`quv maydonida “Jangovar hamdo`stlik–
21-22 may kunlari har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari shartli dushman garovga olgan bir necha shaxslarni qutqarish hamda noqonuniy qurollangan to`dalarning qurolli harakatlariga favqulodda barham berish maqsadida ularning qarorgohiga qo`qqisdan hujum qilish operasiyasini amalga oshirish bo`yicha maxsus taktik-o`quvlariga tayyorgarlik mashqlarini bajarishdi.
“Maxsus taktik-o`quv mashg`ulotiga tayyorgarlik davomida shartli dushman o`rnashgan hududga yorib kirish hamda ularni butkul tor-mor qilish uchun ikki mamlakat maxsus kuchlari bo`linmalari harbiy xizmatchilariga qisqa muddat vaqt ajratiladi. Bunda ular, eng avvalo, hujum rejasi va o`z pozisiyalarini a`lo darajada ado etishlari lozim. Ayni damda kechayotgan tayyorgarlik mashg`ulotlari har ikki mamlakat harbiylarining dastlabki ko`nikmalarini shakllantirmoqda”, – deydi mayor Rasulxon Ahmedov.
Jangovar hamdo`stlik harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirhli texnikalar orqali yorib kirish, guruhlarga bo`lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to`dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida hujum guruhiga qanotlardan yordamga o`tish mashg`ulotlarida belgilangan vazifalarni o`zlashtirishdi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida o`zbek–belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg`ulotlari bo`yicha o`zlarining amaliy ko`nikmalarini namoyish etdi. Mehmon harbiylar Vatanimiz himoyachilari tomonidan yasalgan tuzoqlar, bir va bir necha kunlik boshpanalarni o`zlashtirish barobarida, o`z tajribalari bilan ham o`rtoqlashishdi.
Hamkorlikdagi o`quv mashg`ulotlari yuqori kayfiyat va do`stona munosabatda davom etmoqda. Ertaga, 23 may kuni mashg`ulotlarning asosiy qismi bo`lib o`tadi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati