AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onlik shifokor 450 ming "suyunchi" puliga chaqaloqni sotib yuborgani aniqlandi

Kattaqo`rg`on shahridagi tug`uruq kompleksida bir necha yildan buyon akusher ginekolog vazifasida ishlab kelgan shifokor o`z vakolatidan foydalanib jinoyatga qo`l urdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Ma`lum bo`lishicha, navbatchilikda turgan paytida uning xonasiga chamasi 25 yoshlar atrofidagi notanish juvon kirib, yangi tug`ilgan chaqaloqni tashlab, nom-nishonsiz yo`qolib ketadi.

Shifokor esa bundan unumli foydalanib, oldindan rejalashtirib qo`ygan tamagirlik maqsadidagi jinoiy xatti-harakatini amalga oshiradi. Ya`ni uzoq yillardan buyon befarzand bo`lgan tanishiga chaqaloqni 450 ming so`m “suyunchi” puliga sotib yuboradi.

Qing`ir ishning qiyig`i qirq yildan keyin ham chiqadi, deganlaridek, yaqinda jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on shahar sudida ushbu jinoiy ish ko`rib chiqildi. Nafsiga qul “suyunchi”xo`r shifokor  qilmishiga yarasha qonuniy jazo oldi.

    Boshqa yangiliklar