Avtomobil ishlab chiqarishda etakchi sanalgan Porsche kompaniyasi o`zining ilk modelini kimoshdi savdosiga qo`ymoqda, deb xabar berdi Trend nashri.
"Type 64" modeli 1939 yilda ishlab chiqarilgan va hozirgacha saqlanib kelinayotgan yagona nusxa hisoblanadi.
Avtomobilning boshlang`ich bahosi 18 million dollar bo`lib, savdo jarayonida bu narx oshishi mumkin.
Mazkur auksion joriy yilning avgust oyida AQShda o`tkaziladi.