1

​“Qizil” yo`lakda sarg`aygan taqinchoqlar

Jamiyat 24.05.2019, 22:23
​“Qizil” yo`lakda sarg`aygan taqinchoqlar

Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari xorijdan uchib kelgan fuqaro R.N. aeroportning «qizil» yo`lagidan harakatlanar ekan, bojxonachilar e`tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada fuqaroning sumkasi ichidan bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 9,6 million so`mga teng bo`lgan 46,9 gramm tilladan yasalgan taqinchoqlar hamda 13 dona parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1