1

3 nafar ishtixonlik yoshlarning jinoyatga qo`l urishiga ishsizlik sabab bo`lmagan

Jamiyat 25.05.2019, 10:34
3 nafar ishtixonlik  yoshlarning jinoyatga qo`l urishiga ishsizlik sabab bo`lmagan

Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida 126 ming 106 nafar aholi istiqomat qiladi. Ulardan 41 ming 330 nafarini yoshlar tashkil etadi. Hududdagi yoshlarning 8 ming 349 nafari fan, ta`lim, madaniyat, san`at va ijtimoiy sohaning turli yo`nalishlarida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Ishsiz yoshlar esa 8 ming 305 nafardan iborat. Shuningdek, 467 nafar yoshlar o`qish va ishlash maqsadida xorijga chiqib ketgan. 2018 yilda 8 ming 103 nafar yoshlarning bandligini ta`minlash maqsadida 5 ta mehnat yarmarkasi, 170 ta ochiq muloqotlar tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar 230 nafar yoshlar kasb-hunarga o`qitilayotgan bo`lsa, 58 nafar yoshlar hunarmandchilikka jalb etilgan. 64 nafar yoshlar kasanachilik bo`yicha faoliyat yuritadi.

O`tkazilgan mehnat yarmarkalari orqali 52 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta`minlandi. 47 nafar yoshlar dehqon xo`jaliklari va tomorqa erlarida ish boshladi. Ishtixon tumanida esa 248 ming nafar aholi istiqomat qilib, ularning 146 ming 769 nafarini yoshlar. Hududdagi yoshlarning 5 ming 914 nafari fan, ta`lim, madaniyat, san`at va ijtimoiy sohaning turli yo`nalishlarida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Ishsiz yoshlar esa 3 ming 520 nafardan iborat. Shuningdek, 341 nafar yoshlar o`qish va ishlash maqsadida xorijga chiqib ketgan. Hozirgi kunga qadar 284 nafar yoshlar kasb-hunarga o`qitilayotgan bo`lsa, 49 nafar yoshlar hunarmandchilikka jalb etilgan. 50 nafar yoshlar kasanachilik bo`yicha faoliyat yuritadi. O`tkazilgan mehnat yarmarkalari orqali 47 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta`minlandi, 43 nafar yoshlar dehqon xo`jaliklari va tomorqa erlarida ish boshladi.

Ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan va jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`lgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi mudhish voqea ko`pchilikning dilini xira qildi. Hayotda o`z yo`lini topa olmay, yoshligini zavol toptirib, umrini nafsiga o`lja qilgan ishtixonlik va qo`shrabotlik bo`lgan 3 nafar yigitlarhuquqiy madaniyatining pastligi va birovning haqiga oson ega chiqish ilinji sabab panjara ortida boshi egik. Bugun ular shu jinoyatni sodir etmaganida ishtixonlik bir oilaning 5 nafar insoni hayotdan bevaqt ko`z yummagan bo`lar edi. Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablarini o`rganish va yoshlar o`rtasidagi bu kabi illatlarning oldini olish maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Yoshlar press klubi”ning navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tdi. “Samarqand viloyatida yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalalari tahlili” mavzusidagi ochiq muloqotda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Begmat Ochilov, “Nuroniy” jamg`armasi raisi Shuhrat Jalilov, Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari Rustam Qobilov hamda Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Davron Azizovlar spiker sifatida qatnashdi.

Samarqandda yoshlar o`rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo`yicha mas`ullar faoliyati, olib borilayotgan amaliy ishlar va bu borada erishilayotgan natijalar spikerlar va ishtirokchilar tomonidan tanqidiy tahlil etildi. Ishtixon tumanida 141 ta nosog`lom muhitga ega oilalar mavjudligi qayd etildi.

—Samarqand viloyatidagi yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligiga qarshi kurashish bo`yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, o`tkazilayotgan “Tungi reyd”, “Tig` reydi” va “Davomat reyd”lari orqali bu illat o`tgan yilgi ko`rsatgichga nisbatan 30 foizga kamaygan, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Begmat Ochilov.

Qizg`in muhokamada Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari Rustam Qobilov atigi 22 mln so`m evaziga butun boshli bir oiladagi 5 nafar shaxsning yoshlar tomonidan o`ldirilganligi “qilayotgan loyihalarimiz, tadbirlarimiz samara bermayaptimi?” degan savolni keltirib chiqarayotgani, jinoyatning ildizi ishsizlikka emas, aksincha oiladagi nosog`lom muhit, tarbiyadagi loqaydlik va befarqlikka borib taqalishini ta`kidladi. Shuningdek, 3 nafar yoshlar tumanda uzumchilik bilan shug`ullangani, ularning yillik daromadlari kamida 55 million so`mni tashkil etishi hamda bu jinoyat oson va mo`may daromad topish ilinjida sodir etilgani bilan bog`liq ma`lumotlar keltirildi.

Muloqotda aytilishicha, 2018 yil “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi ishchi guruhi tumanda manzilli ro`yxat tuzish bo`yicha ana shu yoshlarning uyiga ham tashrif buyurgan. Ularga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha imtiyozli kreditlarni taklif etishgan. Ammo ular kreditga ehtiyojlari yo`qligini bildirib, taklifni rad qilishgan.

Ochiq va shaffof suhbat yakunida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

—Bugun viloyatimizda ro`y bergan jinoyatchilikning yoshlar tomonidan amalga oshirilgani barcha mutasaddilarni sergaklikka chaqirdi. Viloyatning hamda tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan jinoyatning kelib chiqish sabablarini muhokama qildik. Kelgusida faoliyatimizda yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va Yoshlar o`rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab oldik, – deydi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo`lim boshlig`i Dilmurod Qurbonov.

Shahnoza Nurullaeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1