1

​Atirlarni yashirincha olib o`tishga urinish to`xtatib qolindi

Jamiyat 25.05.2019, 17:47
​Atirlarni yashirincha olib o`tishga urinish to`xtatib qolindi

Bojxona xodimlari yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni olib kirishga bo`lgan urinishlarga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro L.M. belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, fuqaro yuklari orasidan me`yordan ortiqcha bo`lgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 6,6 million so`mlik, 96 dona atirlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1