1

​Pomidor ko`chatlari orasidagi 63 tup ko`knori

Jamiyat 25.05.2019, 17:48
​Pomidor ko`chatlari orasidagi 63 tup ko`knori

Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Rishton tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi. Tadbir davomida, fuqaro L.L.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, xonadon tomorqasidagi pomidor ko`chatlari orasida agrotexnik ishlov berib parvarishlangan, uzunligi 40-110 santimetr bo`lgan 63 tup ko`knori giyohvandlik o`simliklari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1