AsosiyJinoyat
2329

MIB xodimiga belkurak kurak bilan tan jarohati etkazgan fuqaro javobgarlikka tortildi

'MIB xodimiga belkurak kurak bilan tan jarohati etkazgan fuqaro javobgarlikka tortildi'ning rasmi

2018 yilning 16 sentyabr kuni Byuroning G`uzor tuman bo`limi davlat inspektorlari tumandagi "Do`ltali" MFY, Do`ltali qishlog`ida xizmat vazifasini bajarish vaqtida shu qishloqda yashovchi fuqaro Ch.Eshonqulov yashash xonadanida elektr energiyasi tarmog`iga to`g`ridan-to`g`ri ulangan holda foydalanayotganligi aniqlab, bu haqida qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtiradi.

Mazkur qoidabuzarlik natijasida fuqaro Ch.Eshonqulov ta`minotchi korxona manfaatlariga 1.780.702 so`m miqdorida zarar etkazdi hamda O`zbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, ya`ni 921.500 so`m miqdorida jarimaga tortildi.

Biroq, fuqaro Ch.Eshonqulov etkazilgan zarar va jarimani to`lab, tegishli xulosa chiqarish o`rniga o`z qoidabuzarlik harakatlarini davom ettirdi.

Xususan, 2018 yil 17 dekabr kuni uning yashash xonadonida qayta elektr energiyasidan noqonuniy ravishda to`g`ridan-to`g`ri foydalanayotganligi holati davlat inspektori J.Chorshanbiev tomonidan aniqlandi va ushbu holatni davlat inspektori rasmiylashtirayotgan vaqtda, Ch.Eshonqulov o`z aybini tan olish o`rniga davlat inspektoriga keskin qarshilik ko`rsatib, uni belkurak bilan urib, og`ir tan jarohati etkazdi.

Natijada, 2019 yil 16 may kuni Jinoyat ishlari bo`yicha G`uzor tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Chori Eshonqulov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi va 185-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar