1

​Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy-huquqiy masalalari: yoshlar nigohida

Jamiyat 25.05.2019, 21:29
​Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy-huquqiy masalalari: yoshlar nigohida

Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona institutida “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy-huquqiy masalalari: yoshlar nigohida” mavzusida talaba - kursantlarningrespublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda Bojxona instituti professor-o`qituvchilari, kursantlari, amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek Toshkent davlat iqtisodiyot, Toshkent davlat yuridik, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetlari, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali, Toshkent moliya, Toshkent kimyo-texnologiya, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika institutlari hamda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi talaba va kursantlari ishtirok etdi.

Konferensiyada Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturidagi ustuvor vazifalarni to`laqonli amalga oshirishning iqtisodiy-huquqiy jihatlari yuzasidan talaba-kursantlar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari tahlil qilindi.

Milliy iqtisodiyotimizni rivoji bilan bog`liq muhim institusional masalalar – makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, sog`lom raqobat sharoitini yaratish, investisiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlarini saqlab qolishni ta`minlashga qaratilgan iqtisodiy -huquqiy choralar hamda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlar, innovasion yondashuv va texnologiyalarni joriy etish tadbir ishtirokchilarining diqqat markazida bo`ldi va konstruktiv takliflar ilgari surildi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli ko`p jihatdan ularni nechog`lik ilmiy ta`minlanganligiga, xususan iqtisodiy qonunchilik normalarini amaliyotga qo`llanishining tanqidiy tahliliga hamda iqtisodiy mazmun va huquqiy shaklning mutanosibligini ta`minlash islohotlarni muvaffaqiyatli davom etishining muhim omili ekanligi qayd etildi.

Tadbirda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, investisiyalar va ijtimoiy rivojlanishga oid biznes tashabbuslari, startaplari, g`oyalari va loyihalarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish va qo`llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo`llab-quvvatlash, shuningdek, ularning mamlakat miqyosidagi ustuvor vazifalarga daxldorligini chuqurroq anglatish masalalari muhokama qilindi.

Yuqoridagi vazifalar qatorida talaba-kursantlarning amaldagi iqtisodiy qonunchilik asoslari hamda investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish bo`yicha bilim va ko`nikmalarni oshirishga yo`naltirilgan o`quv jarayoni sifatini oshirish bo`yicha ham qiziqarli g`oyalar ilgari surildi.

Mamlakat investisiyaviy salohiyatini xorijiy mamlakatlarda munosib ifoda etish va ilgari surish maqsadida yoshlarimiz tomonidan Internetda tarmog`ida “O`zbekiston biznes-daydjesti” maxsus veb-saytni yaratish va unda turli xorijiy tillarda investision qonunchilik va investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va shart-sharoitlar bo`yicha ma`lumotlarni joylashtirib borish yuqori iqtisodiy samara berishi qayd etildi.

O`ziga xos fikr almashish maydonchasiga aylangan mazkur ilmiy tadbirda professor-o`qituvchilar o`z to`plagan bilim va boy tajribalarini talaba-kursantlar bilan o`rtoqlashdilar. Qatnashchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va puxta javob olishdi. Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, turdosh oliy ta`lim muassasalari talaba-kursantlari o`rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamda iqtisodiyot va yurisprudensiya bo`yicha sohaviy masalalarga bag`ishlangan ilmiy-amaliy tadbirlarni rejali asosda tashkil etish bo`yicha tegishli kelishuvlarni imzolash taklifi bildirildi.

Konferensiya yakunida faol qatnashgan talaba va kursantlarga Bojxona instituti tomonidan taqdirlandi.mya

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1