AsosiyJamiyat

​Mamlakatimizdan naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib chiqishga urinish fosh etildi

'​Mamlakatimizdan naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib chiqishga urinish fosh etildi'ning rasmi

Bugungi kunda bojxonachilar tomonidan bojxona chegaralaridan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib o`tilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizdan qo`shni davlatga o`zining “TOYOTA RAV4” rusumli avtotransport vositasida chiqib ketayotgan fuqaro K.V. belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, fuqaro K.V. va uning yonidagi sherigi fuqaro T.A.ning egnidagi kiyimlari orasidan bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 16 100 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar