Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida muntazam tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda viloyatning Bekobod shahrida tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, mazkur xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati 315 million so`mlik, 8 turdagi 6065 dona dori vositalari noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.






