AsosiyJinoyat
3183

Toshloqlik “uddaburon”ning siri fosh etildi

'Toshloqlik “uddaburon”ning siri fosh etildi 'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi murosasiz kurashib kelinmoqda va bunday holatlarni aniqlash yuzasidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar o`tkazib kelmoqda.

Toshloq tumani, Qanjirg`a mahallasida yashovchi fuqaro Q.Toshboltaev yashash uyida elektr energiyasi iste`moliga mo`ljallangan maishiy texnika va ishlab chiqarish dastgohlari ko`p bo`lganligi sababli elektr energiyasidan “ellikka-ellik” foydalanishni ma`qul ko`rdi.

Xususan, u 2017 yil yanvar oyida elektrni hisobga olish priboriga kelgan elektr kabelidan elektr hisoblagichning orqa tarafi orqali noqonuniy alohida tarmoq tortib yashash uyidagi eng ko`p quvvatli texnika jihozlariga ulab foydalanib kelgan.

O`tkazilgan qayta hisob-kitob natijasida huquqbuzar Q.Toshboltaev davlat manfaatlariga 33 mln. 444,2 ming so`m miqdorda moddiy zarar etkazganligi aniqlangan.

Byuroning Toshloq tuman bo`limi tomonidan huquqbuzarga O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirilib, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran o`ttiz kunlik muddatda etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagan bo`lsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi ma`lum qilingan.

O`z harakatlari mohiyatini to`liq anglagan Q.Toshboltaev unga berilgan qonundagi imkoniyatdan to`liq foydalanib, 33 mln. 444,2 ming so`mlik moddiy zararni qoplagan va shunga ko`ra ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar