1

O`zbekiston delegasiyasining Afg`onistonga xizmat safari nihoyasiga etdi

Jamiyat 26.05.2019, 21:30
O`zbekiston delegasiyasining Afg`onistonga xizmat safari nihoyasiga etdi

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi delegasiyasining Afg`onistonga safari nihoyasiga etdi. Vakillarimiz Afg`onistonning Balx viloyati, Naxri-Shaxi tumanida joylashgan, 2014 yilda foydalanishga topshirilgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi o`zbek maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, unda ta`lim olayotgan o`zbek yoshlariga 176 ta o`zbek adabiyoti namunalari va o`quvchilarga darslik kitoblari hamda 600 dan ortiq tarqatma materiallarini sovg`a qildi. Balx va Javzon oliy ta`lim muassasalarining o`zbek tili va adabiyoti kafedrasida ta`lim olayotgan talabalarga ham 358 ta o`zbek adabiyoti namunalari taqdim etildi.

Balx viloyati hokimi o`rinbosari Shujouddin Shudjo bilan uchrashuvda O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi delegasiyasi rahbari Murodilla Alimboev yurtimizda yoshlarga oid amalga oshirilayotgan davlat siyosati, ularni qo`llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari xususida batafsil ma`lumot berdi. Shujouddin Shudjo O`zbekiston delegasiyasiga Balx va Surxondaryo viloyatlarining yoshlar tashkilotlari bilan muntazam va o`zaro hamkorlik munosabatlarini o`rnatish, afg`onistonlik yoshlarning ham O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uyushtiriladigan tadbirlarda ishtirokini yo`lga qo`yish takliflarini bildirdi.

218570e4-5360-4210-8d68-deb05f3781d0.jpg

Bundan tashqari, Mozori Sharif shahrida O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining etnik o`zbeklar bilan o`tkazgan ochiq muloqotida yoshlarga o`zbek tilini “Skayp” orqali onlayn tarzda o`rgatish, O`zbek-Afg`on madaniy markazi ochilishi, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga afg`onistonlik yoshlarning sayohatlarini uyushtirish masalalari muhokama etildi.

b4032862-2437-405f-b119-03b87791d62c.jpg

9bf03832-1437-40a4-8bd1-47b12de629ab.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1