1

Mobil telefon raqamlari onlayn auksionda sotiladi

Jamiyat 27.05.2019, 15:33
Mobil telefon raqamlari onlayn auksionda sotiladi

“O`zRTXB” AJ va “COSCOM” MChJ o`rtasida “O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning axborot tizimida pullik abonent raqamlarini sotish bo`yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksionni tashkillashtirish to`g`risida kelishuv imzolandi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgustdagi “Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining-axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida tuzilgan va abonent telefon raqamlarini birjada onlayn auksion orqali sotish borasidagi o`zaro hamkorlikni ko`zda tutadi. Ushbu qaror va kelishuvga muvofiq, birja axborot tizimida elektron auksionni o`tkazishning tegishli qoidalari ishlab chiqildi. Ayni paytda birja mutaxassislari tomonidan chiroyli sonlar ketma-ketligida mobil telefon raqamlarini onlayn auksion orqali sotish bo`yicha yangi veb-sayt ishlab chiqilgan va test sinovidan o`tkazilmoqda.

Onlayn auksionda yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Yangi savdo mexanizmi O`zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi ochiqlik, oshkoralik, sog`lom raqobat va ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni yaratib berish tamoyillariga asoslanadi. Ushbu yangi savdo tizimi va vebsayt yaqin orada ishga tushishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1