1

​Hujjatda “o`yinchoq” deb ko`rsatilgan tovar aslida nima edi?

Jamiyat 28.05.2019, 00:54
​Hujjatda “o`yinchoq” deb ko`rsatilgan tovar aslida nima edi?

Bojxona xodimlari tomonidan yana bir qonunbuzarlik holati fosh etildi.

Surxondaryoviloyati bojxona boshqarmasi “Termiz-Aeroport” chegara bojxona postiga Xalqaro Pochta va Kurerlik xizmati orqali fuqaro A.B nomiga kelgan pochta jo`natmasi xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada hujjatda “o`yinchoq” deb ko`rsatilgan tovar uchuvchisiz uchish apparati ekanligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma`lumot uchun, joriy yilning 2 may kuni qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining O`zbekiston Respublikasining “Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to`ldirilgan bo`lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo`yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasiQonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran olti oy o`tgach amalga kiritiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1