1

Saida Mirziyoeva: "Nima uchun matbuot amalda to`rtinchi hokimiyat darajasiga ko`tarila olmayapti?"

Jamiyat 28.05.2019, 12:42
Saida Mirziyoeva: "Nima uchun matbuot amalda to`rtinchi hokimiyat darajasiga ko`tarila olmayapti?"

Ayni daqiqalarda Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasi o`tkazilmoqda.

Tadbirda Agentlik direktori Komil Allamjonov, direktor o`rinbosari Saida Mirziyoeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo`mita raisi Ilhom Abdullaev, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) filialining O`zbekistondagi mintaqaviy idorasi rahbari Petra Goryup, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Fuad Pashaev, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov, “Ochiq ma`lumotlar” kompaniyasi (Ukraina) direktori Andrey Xorsev, “Ryann Chilcote Productions” kompaniyasi ijrochi prodyuseri Rayan Chilkot, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa`dulla Hakimov va boshqa tashkilotlar rahbarlari o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

“Hozirgi davrda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari asosiy axborot manbai hisoblanadi, – dedi Komil Allamjonov. – Afsuski, davlat tashkilotlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, o`zgarishlar va yangiliklar o`z vaqtida yoritilmayapti. Shuni hisobga olib, Agentlik tomonidan davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari maqomi va mavqeini oshirish bo`yicha Prezident qarori loyihasi tayyorlandi”.

Anjumanda mamlakatdagi o`zgarishlar va islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga, keng jamoatchilikka va dunyo hamjamiyatiga xolis, ishonchli, tezkor va to`laqonli etkazib berishda davlat axborot xizmatlarining samarali faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanini ta`kidlandi.

“Nima uchun matbuot amalda to`rtinchi hokimiyat darajasiga ko`tarila olmayapti, degan savolga, ko`p omillar qatori vazirlik va idora rahbarlarining matbuot kotibi yoki axborot xizmatlariga nisbatan e`tiborsiz munosabatini asosiy sabab qilib ko`rsatish mumkin”, – dedi Agentlik direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva.

Mutaxassislar o`z ma`ruzalarida axborot xizmatlarining ish yuritish tartibi, axborot tarqatish usul va mexanizmlari zamon talablariga mutlaqo mos emasligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarida axborot xizmatlari faoliyati deyarli olib borilmayotgani, davlat tashkilotlarida axborot xizmatlariga etarlicha shtat birliklari ajratilmagani, axborot xizmatlarining moddiy-texnik bazasi yaratilmagani, sohaga malakali mutaxassislar etarli darajada jalb etilmayotganini tanqid qildi.

“Davlat organlarining axborot siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasida yagona davlat axborot siyosati to`g`risida Konsepsiyasini qabul qilish zaruriyati tobora oshib bormoqda, – dedi Saida Mirziyoeva. – Davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo`jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini tubdan takomillashtirish hamda axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini qabul qilish taklifi ilgari surilmoqda. Unda ilk bor axborot xizmatlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, majburiyatlari, matbuot kotiblarining tashkilotdagi o`rni va maqomi, moddiy-texnik va moliyaviy ta`minoti, shart-sharoitlari, malaka oshirish imkoniyatlari tubdan yaxshilanib, huquqiy kafolatlanmoqda".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1