1

Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi

Jamiyat 29.05.2019, 09:59
Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi

Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hukumati rahbarining O`zbekistonga tashrifiga doir rasmiy ma`lumot berdi.

2019 yilning 29-30 may kunlari Rossiya Federasiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyuradi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya delegasiyasini qabul qiladi.

Tashrif doirasida Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O`zbekiston-Rossiya Qo`shma komissiyasining birinchi yig`ilishini o`tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo`lib, unga 2018 yil oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifi va oliy darajadagi muzokalar davomida asos solingan.

Ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyasining 24 aprelda bo`lib o`tgan yigirmanchi yig`ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.

Rossiya delegasiya rahbari Xiva shahriga ham tashrif buyuradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1