AsosiyJamiyat

Samarqandda yonib ketgan yo`lovchi avtobus haqida IIV bayonot berdi

'Samarqandda yonib ketgan yo`lovchi avtobus haqida IIV bayonot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida avtobus yonib ketgani tasvirlari tushirilgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV maxsus bayonot berdi.

“2019 yil 29 may kuni soat 19.00larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 28 yoshli D.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Oqdaryo tumani Mustaqillik MFY hududidan o`tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo`lining 12-km.da boshqarib ketayotgan vaqtida avtobusda yong`in sodir bo`lgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Jarohat olganlar yo`q. Yong`in avtobusning elektr simlari qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bayonotida.

    Boshqa yangiliklar