AsosiyJamiyat

Dmitriy Medvedev qadimiy Xivani tomosha qildi

'Dmitriy Medvedev qadimiy Xivani tomosha qildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Xiva shahrini tomosha qildi.

Rossiya delegasiyasi Ichan-qal`adagi Ko`hna ark, Pahlavon Mahmud majmualari, Sherg`ozixon madrasasi, Juma masjidi, Muhammad Rahimxon madrasasi va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.

Yuqori martabali mehmonga ushbu obidalar tarixi, bu erda sayyohlikni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so`zlab berildi.

Majmuada Rossiya delegasiyasi tashrifi sharafiga Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniyning taxtga o`tirish marosimi sahnasi namoyish etildi. Asrlar osha ilmu ma`rifat maskani bo`lgan mazkur tarixiy obida, qo`yilgan tomosha mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi qadimiy Xivaning tarixiy-me`moriy va turistik salohiyati juda yuqori ekanini alohida qayd etdi.

– Ushbu shahardagi bebaho madaniy yodgorliklar asl qiyofasini yo`qotmagan holda ta`mirlanib, atrofi obodonlashtirilayotgani tahsinga sazovor. Ayniqsa, Ichan qal`a kabi yaxlit holda saqlangan tarixiy shaharlar dunyoda juda kam. Bu erga kelgan har bir inson hayrat va zavqqa to`lishi tabiiy. Jahon turizm industriyasining bir bo`lagi bo`lgan ushbu shahar O`zbekistonning turizm salohiyati naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Bu erda yashagan tarixiy shaxslarning hayoti va jahon sivilizasiyasiga qo`shgan ulkan hissasi haqida jamoatchilikka ko`proq ma`lumot berish kerak. Shaxsan o`zim bugundan boshlab Xiva haqidagi taassurotlarimni Rossiya va xorijiy davlatlarda keng targ`ib etaman, – dedi Dmitriy Medvedev.

13.JPG

14.JPG

15.JPG

18.JPG

    Boshqa yangiliklar