AsosiyJamiyat

“O`zbekiston” mehmonxonasi yana 33 million AQSh dollari bahosida savdoga qo`yildi

'“O`zbekiston” mehmonxonasi yana 33 million AQSh dollari bahosida savdoga qo`yildi'ning rasmi

Bir vaqtlar “O`zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning ramzlaridan biri sanalar edi. Biroq, bugungi kunda mehmonxona o`z mavqeini boy bermoqda shekilli, o`tgan safar e`lon qilingan savdolarga bironta ham ariza kelib tushmagan. Shu sababli muhtasham mehmonxona yana sotuvga qo`yilmoqda. Narx ham o`zgarmagan – 33 million AQSh dollari.

8e44a20b_f38a_4b91_867d_7c0fbe9998df.jpg

Darvoqe, ko`pchilik sotuvga faqat mehmonxona qo`yilgan, deb o`ylayotgan bo`lsa adashadi. “O`zbekiston” mehmonxonasi kompleksiga shu hududdagi barcha inshootlar (ikkita restoran, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, anjumanlar zali va h.k) kiradi.

bcd3dbcb_6d32_44c7_ab16_5c87aef64006.jpg

“O`zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning qoq markazida joylashgan bo`lib, aeroport va temir yo`l vokzaliga yaqinligi hamda qulay joylashuvi bilan mijozlarning e`tiborini o`ziga tortadi. Ushbu mehmonxonaning davlat ulushini sotib olish bo`yicha tenderda ishtirok etish uchun murojaat etuvchi yoki uning vakolatli vakili Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ariza berishi lozim.

678b851b_6763_4094_922c_177cc88ee341.jpg

Tanlov o`tkazilmagan, deb hisoblangan taqdirda takroriy tanlov dastlabki tanlov o`tkazilgan kun (2019 yil 11 iyun)dan boshlab har o`n ish kunida bir marta o`tkazilishi mumkin.

image.jpg

    Boshqa yangiliklar