AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 iyun kuni ish kuni bo`ladi

'O`zbekistonda 1 iyun kuni ish kuni bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida» PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq joriy yilgi kalendarga o`zgartirishlar kiritilishi belgilangan.

Unga ko`ra, 2019 yil 1 iyun - shanba 6 iyun – payshanba kuniga ko`chiriladi.

Shu munosabat bilan haftasiga besh ish kuni (dushanba-juma) ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilotlarda 1 iyun – shanba ish kuni hisoblanadi.

Ma`lumot uchun, Ramazon hayiti (Iyd-al-Fitr) bayrami munosabati bilan ham Prezidentning alohida farmoni asosida dam olish kuni e`lon qilinadi va bu yil bayram 5 iyun kuniga to`g`ri kelsa, o`zbekistonliklar ketma-ket ikki kun dam olishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar