1

Qadimiy tangalarni xorijga olib ketmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 01.06.2019, 20:35
Qadimiy tangalarni xorijga olib ketmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

Bojxona xodimlari yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash bilan birga madaniy boyliklarimizni xorijga noqonuniy olib chiqishga bo`lgan urinishlariga ham o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Navoiy viloyati bojxona boshkarmasi “Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro P.S. ning qo`l yuki va bagajlari xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, bojxona xodimining og`zaki so`rovi jarayonida aytilmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan 9 dona kadimiy ahamiyatga ega bo`lgan tangalar borligi aniklandi

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra, madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi to`g`risida qarorlarni faqat O`zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirligi qabul qiladi.

Mazkur qonunga ko`ra, davlat tomonidan muhofaza ro`yxatlari va reestrlariga kiritilgan, davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarida, kutubxonalarida va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan, shuningdek, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1