Davlat bojxona qo`mitasi Raisining o`rinbosari B.Rahimov boshchiligida Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi va Karmana tumanlarida sayyor uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
O`tkazilgan sayyor uchrashuvlarda hokimlik vakillari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, xorijiy investorlar, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishib, unda asosiy e`tibor tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va ular echimida amaliy yordam ko`rsatishga qaratildi. Tadbirlar davomida Nurota tumanidagi “Zafarbek Mubina Nur”xususiy korxonasi rahbari Jiyanov Muslimxo`ja tomonidan marmar toshlarni qazib olishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar importi uchun tijorat banki tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi masalasi, fuqaro Amonova Feruza tomonidan joriy yilning avgust oyida AQShda bo`lib o`tadigan hunarmandchilik ko`rgazmasida ishtirok etish masalasi shuningdek, Xatirchi tumanidagi “Xatirchi tomorqa xizmati” MChJrahbari Xolikov Farhod tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportida foydalaniladigan muzlatkichli avtomobillar uchun imtiyozli kredit ajratilishi masalasi, YaTT “Jo`raev Tojiboy” tomonidan esa tuyaqushchilikni tashkil etish uchun er maydoni ajratilishi masalasida murojaat qilindi.
Karmana tumanida o`tkazilgan sayyor qabulda esa “Agro Biznes Aziya” qo`shma korxonasi uchun meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirishva qayta ishlashni tashkil etish uchun er maydoni ajratilishi masalasi hamda fuqaro Tillaboeva Gulnora tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazilishi bo`yicha va yana bir qator masalalar yuzasidan amaliy yordam so`rab murojaat etildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan bir qator me`yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar bildirildi.
Mazkur masalalarga qonuniy echim topish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot vakillariga topshiriqlar berilib, respublika darajasida hal etilishi lozim bo`lgan muammolar yuzasidan alohida nazorat o`rnatildi.
Tadbir so`ngida fuqarolar tomonidan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bo`yicha berilgan barcha savollarga xodimlar tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Albatta, bu kabi sayyor uchrashuvlar hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlanishida o`zining ijobiy natijasini beradi.






