AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi jamoasi kuch tuzilmalari o`rtasida o`tkazilgan ko`pkurashda birinchilikni egalladi

'Mudofaa vazirligi jamoasi kuch tuzilmalari o`rtasida o`tkazilgan ko`pkurashda birinchilikni egalladi'ning rasmi

29—30 may kunlari O`zbekiston Milliy gvardiyasi tomonidan Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari o`rtasida Harbiy-sport majmuasiga kiruvchi ko`purash bo`yicha musobaqa o`tkazildi.

Musobaqada Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati jamoalari o`zaro kuch sinashdi. Bellashuvlar 3 ta yosh toifasida o`tkazildi: 30 yoshgacha, 35 yoshgacha va 35 yoshdan yuqori bo`lgan harbiy xizmatchilar.

Ko`pkurash musobaqasi dasturidan 100 metrga yugurish, turnikda tortilish, yosh toifasidan kelib chiqib 1, 2, 3 kilometr masofaga yugurish hamda Yagona to`siqlar yo`lagida umumiy mashqlarni bajarish o`rin olgan.

Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko`ra, Mudofaa vazirligi jamoasi umumjamoa hisobida birinchilikni qo`lga kiritdi. Jamoa hisobida o`rinlar quyidagi tartibda taqsimlandi:

  • 1-o`rin — Mudofaa vazirligi;
  • 2-o`rin — Davlat xavfsizlik xizmati;
  • 3-o`rin — Milliy gvardiya;
  • 4-o`rin — Ichki ishlar vazirligi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar