O`zbekistonda Ramazon hayiti namozi o`qiladigan vaqtlar “O`zbekiston musulmonlari idorasi” tomonidan ma`lum qilindi.
Unga ko`ra, 5 iyun kungi Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutlar inobatga olib o`qiladi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar 2 kun - 5 va 6 iyun kunlari dam olishadi.






