Bugun, 3 iyun kuni Toshkent viloyati hokimligida Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, yig`ilish keskin tanqidiy ruhda o`tmoqda. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda. Unda Prezident Toshkent viloyati ikkiga bo`linishi haqida ma`lum qilgan.
Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodiyotni umuman tushunmasligini kuyunib ta`kidlagan. «Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo`lmaydi... Rahbar vatanparvar bo`lishi kerak, xalqparvar bo`lishi kerak! Qaysi biringlar xalqni yaxshi ko`rasiz?», — degan Prezident.






