Musobaqaning har bir turini kuzatib, baholab kelayotgan hakam va murabbiylar tomonidan eng yaxshi natija ko`rsatgan g`olib terma jamoalar aniqlandi.
Joriy yilning 31 may kuni musobaqa shartlariga ko`ra ishtirokchilar ishg`ol qilish narvonida o`quv minorasiga ko`tarilish turi bo`yicha o`zaro bellashdilar. Shu kuni dastur asosida tadbirning tantanali ochilish marosimi o`tkazilib, unda O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Musobaqalarning ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining ko`rgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Ko`rgazmali chiqish va konsert dasturidan so`ng, musobaqaning 4x100 metrli yong`in o`chiruvchilar estafetasi turi o`tkazildi.
1 iyun kuni esa musobaqaning 100 metrga to`siqlar osha yugurish turi bo`lib o`tdi va nazariy shartlarga ko`ra, musobaqa ishtirokchilarining yong`in xavfsizligi bo`yicha bilim saviyalari test sinovlari orqali aniqlandi.
Musobaqaning har bir turini kuzatib, baholab kelayotgan hakam va murabbiylar tomonidan eng yaxshi natija ko`rsatgan g`olib terma jamoalar aniqlandi. Jumladan,
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan «Yosh yong`in o`chiruvchi» musobaqasi bo`yicha:
«Ishg`ol qilish narvonida o`quv minorasining 3-qavatiga ko`tarilish» turi bo`yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (36.57 soniya bilan), Toshkent viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (37.28 soniya bilan) hamda Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (37.93 soniya bilan) egalladilar.
«Yong`in o`chiruvchilar estafetasi» turi bo`yicha bo`yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (62.31 soniya bilan), Andijon viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (64.06 soniya bilan) hamda Xorazm viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (66.87 soniya bilan) qo`lga kiritdilar.
«100 metrga to`siqlar osha yugurish» turi bo`yicha Andijon viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (54.30 soniya bilan), Namangan viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (55.54 soniya bilan) hamda Jizzax viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (56.24 soniya bilan) egalladilar.
Nazariy shartlarga ko`ra, «Yong`in xavfsizligi sohasiga oid test sinovlari» turi bo`yicha 22 balli tizimda Buxoro viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (22 ball), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (21 ball) hamda Toshkent shahar terma jamoasi 3-o`rinni (19 ball) qo`lga kiritdilar.
Yakuniy natijalarga ko`ra, har bir jamoa ishtirokchilarining ko`rsatgan natijalari va test sinovlaridan to`plagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar bo`yicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o`ringa, Andijon viloyati terma jamoasi 2-o`ringa hamda Sirdaryo viloyati terma jamoasi 3-o`ringa sazovar bo`ldilar.
Umumta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan «O`zbekiston Respublikasi chempionati» musobaqasi bo`yicha:
«Ishg`ol qilish narvonida o`quv minorasining 2-qavatiga ko`tarilish» turi bo`yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (15.52 soniya bilan), Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (15.80 soniya bilan) hamda Navoiy viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (15.89 soniya bilan) egalladilar.
«Yong`in o`chiruvchilar estafetasi» turi bo`yicha bo`yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (64.64 soniya bilan), Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (66.31 soniya bilan) hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (67.43 soniya bilan) qo`lga kiritdilar.
«100 metrga to`siqlar osha yugurish» turi bo`yicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (35.94 soniya bilan), Buxoro viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (36.39 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (37.69 soniya bilan) qo`lga kiritdilar.
Yakuniy natijalarga ko`ra, har bir jamoa ishtirokchilarining ko`rsatgan natijalari bo`yicha to`plagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar bo`yicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o`ringa, Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o`ringa hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o`ringa sazovar bo`ldilar.
Hududlardan tashrif buyurgan qizlar terma jamoalari o`rtasida «Yosh yong`in o`chiruvchi» musobaqasi bo`yicha:
«Ishg`ol qilish narvonida o`quv minorasining 2-qavatiga ko`tarilish» turi bo`yicha Toshkent viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (8.22 soniya bilan), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (8.78 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (9.03 soniya bilan) egalladilar.
«Yong`in o`chiruvchilar estafetasi» turi bo`yicha bo`yicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (75.12 soniya bilan), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (76.47 soniya bilan) hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi a`zosi 3-o`rinni (77.43 soniya bilan) qo`lga kiritdilar.
«100 metrga to`siqlar osha yugurish» turi bo`yicha Sirdaryo viloyati terma jamoasi 1-o`rinni (18.76 soniya bilan), Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o`rinni (19.66 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o`rinni (19.92 soniya bilan) qo`lga kiritdilar.
Barcha g`oliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB






