1

O`zbekiston maktablarida yangi tizim joriy etilishi mumkin

Jamiyat 03.06.2019, 17:26
O`zbekiston maktablarida yangi tizim joriy etilishi mumkin

2021 yil 1 sentyabridan boshlab “Elektron davomat” tizimini O`zbekistondagi barcha umumta`lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.

“Umumta`lim maktablarida o`quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to`g`risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Qaror loyihasida Xalq ta`limi vazirligi va Ichki ishlar vazirligining umumta`lim maktablarida o`quvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasiga Umumta`lim maktablarida o`quvchilar davomatini nazorat qilishni ta`minlovchi “Elektron davomat” tizimini joriy etish tartibi to`g`risida nizom ilova qilingan.

“Elektron davomat” tizimining asosiy vazifalari:

- umumta`lim maktablari o`quvchilari darsga o`z vaqtida qatnashishini biometrik identifikasiya tizimlari va boshqa usullar yordamida monitoring qilib borish;

- o`quvchilarning ta`lim olishiga ko`maklashish va ta`lim olish jarayoniga o`z vaqtida ishtirok etishini masofaviy tarzda nazorat qilib borish;

- umumta`lim maktablarida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish, ular orqali umumta`lim maktablarida ta`lim jarayonlarida shaffoflikni ta`minlash va korrupsiyani oldini olish;

- voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi va ta`lim olishlari uchun javobgarligi bo`yicha qonunlarda belgilangan normalarning so`zsiz bajarilishini ta`minlashga amaliy asos yaratish;

- ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda farzandlarining umumta`lim maktablaridagi davomati haqidagi ma`lumotlarni kuzatib borish imkoniyatini yaratish.

“Xalq ta`limi vazirligi:

2020 yil 1 sentyabrga qadar “Elektron davomat” tizimini ishlab chiqib, Toshkent shahridagi umumta`lim maktablariga davlat-xususiy sherikligi asosida sinov tariqasida joriy etsin;

2021 yil 1 sentyabridan boshlab “Elektron davomat” tizimini respublikamizdagi barcha umumta`lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishini ta`minlasin”, deyilgan hujjat loyihasida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1