AsosiyJamiyat

Olisdan izlama, baxtni hech qachon

'Olisdan izlama, baxtni hech qachon'ning rasmi

Seni quchoq ochib, kutdik barchamiz.

Xorijga adashib ketgan vatandosh,

Begona emassan, shu yurt farzandi.

Axir sen erursan bizlarga qondosh.

Mehrning timsoli bo`lgan bu vatan,

Etimga ilingan so`nggi nonini,

Ochlik ham bukmagan fashist poyida.

Bir yuz bir o`zbekning pok iymonini.

Qara chiroy ochar, kundan kun Vatan,

Sen ham qaytding nurli manzilga.

Bunyodkor xalqingni yonida turib,

Endi hissa qo`shgin cheksiz mehring-la.

Olisdan izlama, baxtni hech qachon,

Tinchlikka bayroqdir, mening makonim.

Taraqqiyot bunda, yuksalish bunda

Jannatmakon zamin – O`zbekistonim.


Nurbek SALOM

    Boshqa yangiliklar