1

Bo`lajak talabalar okrug qo`shinlari qo`mondoni bilan uchrashishdi

Jamiyat 04.06.2019, 10:05
Bo`lajak talabalar okrug qo`shinlari qo`mondoni bilan uchrashishdi

Markaziy harbiy okrug qo`shinlarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni topshirishga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Aybek Saidov, harbiy qism komandirlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Samarqand (27 ta), Jizzax (15 ta) hamda Navoiy (22 ta) viloyatlarida haqiqiy harbiy xizmatni o`tayotgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan ofiser, serjant va oddiy askarlarning farzandlariga okrug hisobida jami 64 ta imtiyozli tavsiyanomalar berildi.

Tadbir so`nggida bo`lajak talabalar okrug qo`shinlari qo`mondoni bilan esdalik uchun suratga tushdilar.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga o`qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to`g`risida” gi 3276-son Qaroriga muvofiq, 2018-yilda respublika bo`ylab jami 565 nafar harbiy xizmatchilarning farzandlariga tavsiyanomalar berilgan bo`lib, ularning 280 nafari talabalikka qabul qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1