Venesuelada zaruriy dori-darmon etishmovchiligi tufayli saraton kasaligiga chalingan bolalar orasida o`lim holati ortib bormoqda, deb xabar bermoqda Trend nashri.
Venesueladagi shifoxonada bir kunning o`zida 4 nafar bola hayotdan ko`z yumgan. Mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz tufayli tibbiyot tizimi o`ta og`ir ahvolda. Kasalxonalarda dorilar bilan birga asbob-uskunalar ham etishmaydi.Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro esa inqiroz sababi Amerika sanksiyalari ekanini ta`kidlamoqda.
Bolalar o`limi bilan bog`liq vaziyat mamlakatda katta janjal keltirib chiqardi.






