1

Bu haftani qanday ob-havo bilan o`tkazamiz?

Jamiyat 04.06.2019, 11:46
Bu haftani qanday ob-havo bilan o`tkazamiz?

Bu yilgi yoz faslining boshi har safardagidan boshqacha keldi. O`zbekiston ob-havosiga mamlakatimiz hududi ustidagi kuchsiz siklonik jarayonlar ta`sir qilib, bulutlar shakllanishiga olib keldi.

4-5 iyun kunlari mamlakatimizda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin, momaqaldiroq bo`ladi, shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 m tezlik bilan esadi.

Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yog`ingarchilik bo`lmaydi.

6 iyunda respublikamiz hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin, shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metr tezlikda esadi.

7-8 iyunda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`ladi. 4-8 iyun kunlari harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo`ladi, bu me`yorlarga yaqin, ayrim joylarda esa ozgina past.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1