1

Xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etgan o`zbek kursantlari taqdirlandi

Jamiyat 04.06.2019, 14:55
Xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etgan o`zbek kursantlari taqdirlandi

Kecha, 3 iyun kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida kursantlar o`rtasida o`tkazilgan xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarni qo`lga kiritgan intellektual etuk yoshlar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Mudofaa vazirining o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov qo`lidan mukofotlarni qabul qilib olgan yoshlarRossiya Federasiyasining Ryazan oliy havo-desant qo`mondonlik bilim yurtida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar oliy harbiy ta`lim muassasalari kursantlari o`rtasida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan V xalqaro olimpiada qatnashib qaytishgan edi.

Ular 35 ta jamoa ishtirokida murosasiz o`tgan olimpiadada noqulay ob-havo sharoitlariga qaramasdan yuqori professional tayyorgarlik darajasini ko`rsatib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o`rinni egallashgandi.

Shuningdek, tadbir davomida Qozog`iston Respublikasining Qarag`anda shahrida MDH mamlakatlarining harbiy bilim yurtlari kursantlari o`rtasida matematika fanidan o`tkazilgan olimpiadada Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari birinchi marotaba qatnashishlariga qaramasdan 3-o`rinni qo`lga kiritgan edi. Tadbir davomida ular ham munosib taqdirlandi.

Kursantlarning yuqori natijalarga erishishida o`zlarining munosib hissasini qo`shgan Akademiya professor-o`qituvchilari, O`zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov, universitet doktaranti Shoxruh Husanov, 4-bosqich talabasi Sardor Bozorboevga ham qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari joriy yilda matematika, informatika (professional tayyorgarlik) hamda Harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo`nalishlari bo`yicha ikkinchi o`rinlarni qo`lga kiritgan edi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1