1

​“Vaqf” fondi Ramazon oyida 2 mlrd so`mga yaqin zakot va xayriya mablag`larini tarqatdi

Jamiyat 04.06.2019, 22:38
​“Vaqf” fondi Ramazon oyida 2 mlrd so`mga yaqin zakot va xayriya mablag`larini tarqatdi

“Vaqf” fondi Ramazon oyida 1,8 milliard so`mlik zakot va xayriya mablag`larini haqdorlarga etkazdi, deya xabar bermoqda Fond matbuot xizmati.

Shundan, zakot mablag`lari hisobidan 263 nafar muhtoj insonlarga 405 million 730 ming so`m ulashildi. Mamlakatimiz masjidlariga 118 million so`mlik kitob taqdim etildi. Xayriya mablag`lari hisobidan 173 million so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari kam ta`minlangan va nogironligi bo`lgan shaxslarga tarqatildi.

Diniy ta`lim muassasalari talabalarining to`lov-shartnomalari, masjid, madrasa va ziyoratgohlar, ruhiy kasalliklar shifoxonasi uchun 440 million so`m atrofidagi mablag`lar sarflandi.

Fondning 14 ta hududiy filiallari tomonidan Ramazon oyi davomida qariyb 700 million so`mlik zakot va xayriyalar 6 mingga yaqin haqdor insonlarga etkazildi.

"Alloh taolo ulug` oyda yurtimiz mo`min-musulmonlarini qo`llab-quvvatlash, ularning og`ir kunlarida ko`makchi bo`lish maqsadida, qo`li ochiq insonlarning qilgan ehsonlarini O`z dargohida husni qabul aylasin. Ramazon hayiti muborak bo`lsin!", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1