1

Bugun ham yomg`ir yog`adi(mi)?

Jamiyat 06.06.2019, 14:21
Bugun ham yomg`ir yog`adi(mi)?

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, 6 iyun kuni Toshkent shahrida ob-havo o`zgarishi kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan chaqmoq chaqadi va yomg`ir yog`adi.

G`arbdan esadigan shamol tezligi 5-10 m/s.ni tashkil etadi. Chaqmoq paytida shamol tezligi 15-20 m/sga ortadi.

Havo harorati kunduzi +28...+30 daraja, kechqurun esa +15...+17 daraja iliq bo`lishi kuzatilmoqda.

Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar etkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang.

Kuchli yog`ingarchilik oqibatida shahrimizda suv toshish holatlarini kuzatsangiz, 1050, 1055 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qiling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1