AsosiyJamiyat

Echkiemarning boshiga ayiqning kuni tushdimi?

'Echkiemarning boshiga ayiqning kuni tushdimi?'ning rasmi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Langar“ MFY Tutli qishlog`ida bir guruh fuqarolar tomonidan yovvoyi ayiqqa nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo`lingan video tarqalgan va ko`pchilikning e`tiroziga sabab bo`lgan edi.

Keyinchalik vaziyatga oydinlik kiritilib videodagi ayiq noma`lum sabablarga ko`ra, qishloqqa kelib qolgani ma`lum qilingandi.

Joriy yil 2-3 iyun kunlari esa ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hududida nobud qilingan echkiemar to`g`risidagi xabarlar va o`ldirilgan hayvon surati keng tarqaldi.

Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan bog`landik.

– Mazkur holat Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida sodir etilgan. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari joriy yil 13 may kuni Muborak tumani hududida o`tkazgan navbatdagi ekologik reyd davomida Qarshi – Muborak – Buxoro avto yo`liga yaqin bo`lgan cho`l hududida noma`lum fuqaro tomonidan nobud qilingan yovvoyi echkiemar aniqlandi, – deydi qo`mita axborot xizmati xodimi Sevara Davlatova. – Mazkur holat bo`yicha inspektorlar voqea joyida hayvonot dunyosi ob`ekti hisoblangan sudralib yuruvchi yovvoyi echkiemarni ko`zdan kechirib, holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hozirda mazkur qonunbuzarlikni sodir etgan aybdor shaxsga nisbatan tegishli chora qo`llash masalasi ko`rib chiqilmoqda. Tekshiruv natijalari haqida qo`shimcha xabar beriladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”, deb ko`rsatilgan.

Bu esa o`z vaqtida fuqarolar er, suv, o`rmon, er osti boyliklari, hayvonot va o`simliklar dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanishini, ularni tiklash va muhofaza qilishni hamda ushbu majburiyatni o`z vaqtida bajarishni ham taqozo etadi.

    Boshqa yangiliklar