1

Qozog`iston Parlamenti Majlisi Raisi Samarqandga tashrif buyurdi

Jamiyat 06.06.2019, 15:30
Qozog`iston Parlamenti Majlisi Raisi Samarqandga tashrif buyurdi

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda mehmon bo`lib turgan Qozog`iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Nurlan Nigmatulin boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov kutib oldi. Viloyat hokimi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov hamrohligida mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Shundan so`ng mehmonlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Buyuk muhaddis hayoti va ilmiy merosi haqida mehmonlar batafsil ma`lumot berildi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tashabbusi bilan bunyod etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Markazda tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ayniqsa, markaz fondidagi qadimiy qo`lyozmalar delegasiya a`zolarida katta qiziqish uyg`otdi.

Delegasiya kunning birinchi yarmida Amir Temur maqbarasida ham bo`lib, Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid manbalar haqida ma`lumotga ega bo`lishdi. Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida muazzam Registon maydoni, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi va boshqa bir qator diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishi belgilagan.

Qozog`iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Nurlan Nigmatulin Imom Buxoriy majmuasi va Amir Temur maqbaralarida mahalliy sayyohlar bilan suhbatda bo`lib, tashrifning maqsadi mamlakatlarimiz o`rtasida mustahkamlanib borayotgan do`stlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish ekanligini ta`kidlab, har ikkala yurtning oddiy fuqarolari ham bu haqda bilishi lozimligini ta`kidlab, fuqarolardan o`z yaqinlari, qo`ni-qshnilariga ham buni etkazishlarini so`radi.

photo_2019-06-06_15-11-54 (2).jpg

photo_2019-06-06_15-11-55.jpg

photo_2019-06-06_15-11-57.jpg

photo_2019-06-06_15-12-00.jpg

photo_2019-06-06_15-12-02 (2).jpg

photo_2019-06-06_15-12-04.jpg

photo_2019-06-06_15-12-08.jpg

photo_2019-06-06_15-12-10 (2).jpg

Tashrif davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1