1

Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi

Jamiyat 06.06.2019, 16:47
Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi

Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlangan.

Xabarga ko`ra, 4 iyun kuni soat 17. 00 dan 6 iyun soat 12.00 ga qadar turli shifoxonalarga 15 bemor ko`ngil aynishi, qayd qilish, bosh og`rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og`riq, tana haroratining ko`tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.

Ular tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, "Ovqat toksikoinfeksiyasi" birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og`ir, qolganlariniki o`rtacha og`irlikda, deya xabar berdi Sog`liqni saqlash vazirligi.

Mazkur holat bo`yicha o`tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumani, Yangi Qo`yliq ko`chasi, 7-b uyda joylashgan, 4 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste`mol qilganliklari bilan bog`lashmoqda.

«GRAND AZIA PLUS» MChJga qarashli «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchasida qisqa muddatli tekshiruv o`tkazish uchun O`zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub`ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakili nomiga Toshkent shahar DSENM tomonidan 2019 yil 6 iyundagi 07-11/4388-sonli ma`lumotnoma ko`rib chiqish va xulosa olish uchun berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1