1

Urug`chilik sohasi tizimli ravishda takomillashtiriladi

Jamiyat 07.06.2019, 10:40
Urug`chilik sohasi tizimli ravishda takomillashtiriladi

Joriy yilning 4 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oliy Majlis, Qishloq xo`jaligi vazirligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo`jaligi masalalariqo`mitasi raisi To`lqin Eshnazarov davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida qishloq xo`jaligini modernizasiya qilish va rivojlantirish, er resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan vazifalar aniq belgilanib, tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini bildirdi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining “Urug`chilik to`g`risida”gi qonuni qishloq xo`jaligida olib borilayotgan tizimli islohotlarga hamohang bo`lib, urug`chilikning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy innovasion loyihalarni joriy etish, urug`lik genofondini saqlash, urug`lik tayyorlaydigan va uni qayta ishlaydigan korxonalar tarmog`ining samaradorligini yanada oshirish, urug`larni realizasiya qilish va uning eksport ko`lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

G`allachilik, dukkakli don va moyli ekinlar boshqarmasi boshlig`i Qahramon To`raqulov, Urug`chilikni rivojlantirish markazi rahbari Rinat Gulyaev, Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilik boshqarmasi boshlig`i Zafar Ortiqov, Urug`chilikni rivojlantirish markazi direktori o`rinbosari Rafiqjon Habiev urug`chilik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, urug`lik eksporti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida o`z-firk mulohazalarini bildirishdi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi Urug`chilikni rivojlantirish markazi direktori o`rinbosari Rafiqjon Habiev 2018 yil aprel oyiga qadar O`zbekistonda paxta va g`alladan boshqa qishloq xo`jaligi ekinlarida urug`chilik tizimi mavjud bo`lmaganini bildirdi:

- Shu paytgacha tadbirkorlar, ishbilarmonlar urug`chilik bilan shug`ullanib kelishardi. Prezidentimizning farmonlari bilan Urug`chilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi. Markaz hozirda nafaqat paxta, g`alla, balki sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari urug`larini tizimli ravishda etishtiradi. Nafaqat ichki, mahalliy bozorga, xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Muloqotda urug`chilik sohasidagi faoliyatni rivojlantirish, urug`ni qo`shimcha qayta ishlash, yangi navlarning urug`larini ko`paytirish borasida amaliy ishlar bajarilishi ta`kidlandi.

Manba: Vazirlik Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1