1

Endi tabiblar ham qonuniy faoliyat yuritishi mumkin

Jamiyat 07.06.2019, 11:45
Endi  tabiblar ham qonuniy faoliyat yuritishi mumkin

Joriy yil 22 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunga muvofiq, 1996 yil 29 avgustdagi “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 41-moddasiga qo`shimcha va o`zgartirish kiritildi.

Unga ko`ra,«Tibbiy ma`lumotga ega bo`lmagan shaxslar ham O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko`rsatish faoliyatini lisenziyalash bo`yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`ladilar» deya belgilab qo`yildi.

–Qonunga kiritilgan o`zgartirishlar asosida Sog`liqni saqlashvazirligi tomonidan Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko`rsatish faoliyatini lisenziyalash bo`yicha maxsus komissiya faoliyatini tashkil etish hamda xalq tabobati bilan shug`ullanishga da`vogarlik qiladigan shaxslarning murojaat qilish tartibini belgilovchi hujjat loyihalari tayyorlanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi PQ-3968-sonli “O`zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga binoan tashkil etilgan komissiya tarkibiga shifokorlar bilan bir qatorda, psixolog, texnika mutaxassislari, diniy va xalq tabobati kabi bir qancha soha vakillari kiritilgan. Xalq tabobati bilan shug`ullanishni istagan tibbiy ma`lumotga ega bo`lmagan shaxslar kelgusida ushbu komissiya vakillari oldida tibbiyot ilmidan qanchalik xabardor ekanligi, o`zidagi bilim va davolash uslublarni amaliyotda qay darajada qo`llay olishi bo`yicha sinovlardan o`tadi, – deydi Sog`liqni saqlash vazirligi Lisenziyalash va akkreditasiyalash boshqarmasi boshlig`i Farhod Rahimqulov. Sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan talabgor Maxsus komissiyaning tibbiy ma`lumot o`rniga beriladigan xulosasini qo`lga kirtib, ushbu xulosa asosida tibbiy faoliyatning xalq tabobati usuli bilan shug`ullanishi uchun o`rnatilgan tartibda lisenziya oladi.

Ma`lumki, avval tabiblar qonuniy ro`yxatdan o`tmasdan faoliyat yuritgan. Shu boisdan, ular ishlab topgan pullardan davlatga soliq ham to`lanmagan. Endi esa ular yuridik shaxs sifatida davlat ro`yxatidan o`tib, shundan so`nggina faoliyat olib borishi belgilanmoqda.

Yana bir gap, Prezident qaroriga ko`ra endilikda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko`rsatuvchi shaxslar o`z faoliyati natijalari bo`yicha tibbiyot xodimlari uchun qonunlarda nazarda tutilgan hajmda javobgar hisoblanadi.

Alohida ta`kidlash lozimki, endilikda mahalliy sog`liqni saqlash tizimida xalq tabobatining roli oshiriladi, jumladan, ushbu yo`nalishda xizmat ko`rsatuvchi xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati har tomonlama qo`llab-quvvatlanadi, sog`liqni saqlash tizimining ambulator va stasionar muassasalarida xalq tabobati usullarini qo`llash bilan kasalliklarni davolash bo`yicha maxsus bo`limlar, dorixonalar tizimi tashkil etiladi.

Respublikadagi tibbiyot oliy o`quv yurtlarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Tibbiy-pedagogika ishi” bakalavriat yo`nalishlaridagi o`quv dasturlariga xalq tabobati bo`yicha maxsus o`quv sikli ham joriy etiladi. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida esa xalq tabobati kafedrasi va “Xalq tabobati” yo`nalishi bo`yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi. Bu esa xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan integrasiyalashuviga xizmat qiladi.

Yana bir masalaga alohida to`xtalish joiz. Xalqimiz orasida Qur`on oyatlari va turli duolar bilan bemor insonlarni davolovchi shaxslar ham bor. Endi ularga ham qonuniy faoliyat olib borishlari uchun lisenziya beriladimi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Bunga javoban, shuni aytish kerakki, Adliya vazirligida 3111-son bilan ro`yxatdan o`tgan “Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko`rsatish tartibi va hajmlari to`g`risidagi nizom”daokkultizm-afsun, shuningdek, diniy marosimlar orqali davolash xalq tabobati usullariga kirmasligi ko`rsatilgan.Shu bois, diniy yo`nalishda bemorlarni davolovchi shaxslarga Sog`liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan lisenziya berilmaydi.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1