1

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kursantlar bilan dona surdi

Jamiyat 07.06.2019, 12:33
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kursantlar bilan dona surdi

13 yoshidayoq jahonning eng yosh grossmeysteri sifatida tarix sahifalariga muhrlangan o`zbek yigiti Nodirbek Abdusattorov O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari uchun mahorat darsini o`tdi.

Avvaliga shaxmatchi va kursantlar o`rtasida davra suhbati o`tkazilib, kursantlar Nodirbekning faoliyati haqida batafsil ma`lumotga ega bo`ldilar. Mahorat darsi davomida yosh sportchiga berilayotgan savollarning keti uzilmadi.

Shundan so`ng yosh grossmeyster kursantlar bilan dona surdi. Professional shaxmatchi o`z tajribasini namoyon etib, yig`ilganlar e`tirofiga sazovor bo`ldi.

“Nodirbek shaxmat bo`yicha jahon chempioni. FIDE ustasi. 2012 yil Sloveniyada o`tkazilgan jahon chempionatida va 2014 yil Toshkent shahrida o`tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medal bilan taqdirlangan. 2017 yil xalqaro turnirda uchinchi bor xalqaro grossmeyster talabini bajardi. Iqtidorli yosh sportchining bu muvaffaqiyati jahon shaxmat olami tarixida ikkinchi natija, deya e`tirof etildi”, — deydi Nodirbekning murabbiyi, xalqarog rossmeyster Saidali Yuldashev.

Ta`kidlash kerakki Nodirbekning opasi Bahora ham shahmatda ko`p yutuqlarga erishgan. Bahora bir necha marta shahmat bo`yicha o`tkazilgan respublika va jahon chempionatlarida qatnashib, faxrli o`rinlarni egallagan. U besh karra O`zbekiston chempioni, FIDE ustasi. 2013 yili Birlashgan Arab Amirliklarida bo`lib o`tgan jahon chempionatida kumush medalni qo`lga kiritgan. 2013 yil yakunlari bo`yicha «Osiyoning eng yaxshi yosh shaxmatchisi» deya tan olingan.

Nodirbek va Bahoraning otasi zahiradagi podpolkovnik Fazliddin Ochilov bo`ladi. Fazliddin Ochilov ayni vaqtda Qurolli Kuchlar akademiyasida o`qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Fazliddin aka yurtimiz sha`nini jahon arenalarida munosib himoya qilib kelayotgan mana shunday farzandlar bilan faxrlanadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1