1

Qashqadaryoda in-vitro usulida kartoshka urug`liklarini ko`paytirishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi

Jamiyat 07.06.2019, 18:08
Qashqadaryoda in-vitro usulida kartoshka urug`liklarini ko`paytirishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi

Qashqadaryo viloyatida Polsha investisiya dasturi asosida, qiymati 8 mln AQSh dollariga teng, yillik quvvati 8 mln dona in-vitro usulida kartoshka urug`lik mini tuganaklarini ko`paytirishga ixtisoslashgan laboratoriya hamda yiliga 5 ming tonna yuqori avlodli sog`lom kartoshka urug`liklari etishtirishga mo`ljallangan kompleks tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda joriy yilning 6 iyun kuni Qishloq xo`jaligi vazirligida Polsha-O`zbek Savdo-sanoat palatasi, Polsha Kartoshka urug`chiligi va himoya qilish instituti, “Zamarte kartoshka etishtirish” MChJ, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo`jaligini standartlashtirish markazi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda ma`lum qilindi. Unda mazkur loyihani amalga oshirish, O`zbekiston-Polsha o`rtasida kartoshka urug`chiligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama etildi.

2.jpg

- Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda kartoshka urug`i importiga bo`lgan ehtiyoj ichki imkoniyatdan qoplanishi, aholini ish bilan ta`minlash, kartoshka urug`i sifatining yaxshilanishiga erishiladi. Hozirgi kunda fermer xo`jaliklarini sog`lom, viruslardan holi kartoshka urug`liklari bilan ta`minlash maqsadida Polsha Respublikasi bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, deydi Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari Saidkamol Xodjaev.

3.jpg

Ta`kidlash joizki, joriy yilda O`zbekistonda 135 ming gektar hududda 2,8 million tonna kartoshka etishtirish rejalashirilgan. Bugungi kunda O`zbekistonga turli xorijiy davlatlardan har yili o`rtacha 20-30 ming tonna kartoshka urug`liklari import qilinmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, 2017 yilda Afg`oniston, Belarus, Eron, Qozog`iston, Rossiya, Turkiya, Pokiston singari davlatlardan qiymati 23 551 AQSh dollariga teng 193 622 tonna kartoshka import qilingan bo`lsa, 2018 yilda bu ko`rsatkich 224 674 tonnani tashkil etgan.

Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1