1

Markaziy harbiy okrugida bepul o`quv kurslar faoliyati yo`lga qo`yildi

Jamiyat 07.06.2019, 18:33
Markaziy harbiy okrugida bepul o`quv kurslar faoliyati yo`lga qo`yildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo`yicha Markaziy harbiy okrug tassarufidagi harbiy qismlarda va ularga yaqin ta`lim muassasalarida harbiylar bilan hamkorlikda o`quv kurslari tashkil etilyapti. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Jumladan, Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlarda ingliz tili, raqsva sport to`garagi, kitob mutolaasi, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, “Tasviriy san`at” yo`nalishi hamda “Tarix” fani bo`yicha kurslar faoliyati yo`lga qo`yildi.

Shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi Farrux Karanovning turmush o`rtog`i Xurshida Yuldasheva Samarqand shahrida “Go`zallik saloni” faoliyatini yo`lga qo`yib, 8 nafar ayolni ish bilan ta`minladi.

Mazkur o`quv kurslar faoliyati ta`tilga chiqqan bolajonlar hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari, yosh harbiy xizmatchilar uchun ayni muddao bo`lmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1