Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jangovar mashinalarni haydash fani doirasida navbatdagi murakkab amaliy mashg`ulotlarni o`zlashtirdi.
Bilim yurti dala o`quv maydonida zirhli texnikalarning kechuvdan o`tish va suv ostida harakatlanish ko`nikmalarini mustahkamalashga ixtisoslashgan mashq nuqtasi joylashgan.
Avvaliga g`avvoslar guruhi mashq bajariladigan suv havzasi tubini ko`rikdan o`tkazishdi. Kechuvdan o`tishdan oldin zirhli texnikaning sozligi va ekipajning mashg`ulotni bajarish uchun jismoniy holati va ruhiy tayyorgarligi tekshirildi.
Bo`lajak ofiserlar T-62 tankida kechuvdan o`tish, suv ostida harakatlanish mashqini bajardi. Shuningdek, piyodalar jangovar mashinalarida suv yuzasida suzib o`tishni o`zlashtirdi. Ushbu o`quv amaliyoti zirhli texnikani suvda boshqarishdan tashqari tank ekipajining uyushqoqlik bilan harakat qilishi va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlaydi. Ya`ni ularda murakkab sharoitlarga tushib qolganda to`g`ri yo`l tutish ko`nikmalarini shakllantiradi.
Tankning suvga tushishdan oldin yo`nalishni to`g`ri olishi mashqni muvafaqqiyatli yakunlashda muhim o`rin tutadi. Mashg`ulot tartibiga ko`ra zirhli texnika kechuvga sekin tushiriladi va suvdan chiqqach, yuqori tezlikda haydab ketilishi kerak. Mashqlarning to`g`ri va aniq bajarilishini mashg`ulot rahbarlari kuzatib bordi. Kun davomida mashqlar rejada belgilanganidek muvaffaqiyatli bajarildi.
Shuningdek shu kunining o`zida BMP-2 piyodalar jangovar mashinasida ham suv yuzasida suzib o`tish mashqlari o`zlashtirildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati