1

“Xavfsiz hudud” mobil ilovasining afzalliklari nimada?

Jamiyat 08.06.2019, 10:42
“Xavfsiz hudud” mobil ilovasining afzalliklari nimada?

O`zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bo`linmalari uchun mobil qurilmalarga mo`ljallangan ilova taqdim etilgan edi.

Mirzo Ulug`bek tumanidagi Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi uchun yaratilgan mazkur “Xavfsiz hudud” mobil ilovasi bir qator qulaylik va afzalliklarga ega.

Xususan, “Tezkor qo`ng`iroq” tugmasi orqali tuman Ichki ishlar boshqarmasi markazi ishonch telefon raqamiga qo`g`iroq qilish va zaruriy murojaatlarni amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari “Yangiliklar” rukni orqali IIV tizimida amalga oshirilayotgan eng so`nggi islohotlar va o`zgarishlar haqida tezkor boxabar bo`lish, ilovada joylashgan kompas orqali esa eng yaqin IIB bo`limi qaerda joylashganini bilib olish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, “Jarima hisoblagich” rukni foydalanuvchiga transport vositasidan foydalanilganda amalga oshirilgan qoidabuzarlikka qancha jarima belgilanishi lozimligini ko`rsatib beradi.

“Qidiruvdagi shaxslar” rukni — turli jinoyatlarni sodir etib, hozirda huquq-tartibor organlari xodimlari tomonidan qidirilayotgan shaxslar haqida ma`lumotlar va ularning suratlari bilan berilgan.

Shu bilan birga ilova foydalanuvchilari tezkor foto va video tasvirlarni IIBga yuborib, jinoyat yoki qoidabuzarlik sodir etilishining oldini olishida o`z xizmatlarini qo`shishi mumkin.

Hajmi 28 megabaytgina bo`lgan ilovani quyidagi manzil orqali ko`chirib olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.mymiracle.xavfsizhudud

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1